<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Senga berildi imkon</title>
<lyrics>[V1]
 // Senga berildi imkon,
 Nega bundan tonasan? //
 // Sen uchun toʻkildi qon,
 Anglamagaysan inson! //

[V2]
 Nega sevgi otashi,
 Kuydirmagay qalbingni?
 // Nega ikkilangaysan,
 Oʻqi yangi ahdingni. //

[V3]
 Tilim ojiz, qalbim lol
 Taʼriflashga nomingni,
 // Yasholmadim bemalol,
 Oʻqimay Kalomingni //

[V4]
 Senga loyiq boʻlishga
 Harakat qildim qancha
 Huzuring visolidan,
 Uzoqda yurdim ancha.

[V5]
 Goh yiqildim, goh turdim,
 Yana keldim yoningga,
 Marhamat qilgin Rabbim
 // Yuz bur gunohkoringga //

[V6]
 Borligʻim, Haq va Najot
 Yoʻlimsan Qodir Egam
 // Mudragan koʻngillarni
 Yoritgin yoʻling bilan //</lyrics>
</song>